🩺2025-yil 19-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida dolzarb muammolarni hal etishning ilmiy-amaliy asoslari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.
🌎Mazkur anjumanda universitetning oʻquv ishlari boʻyicha prorektor E. Raxmanov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Sh. Gaziyev, professor F. Kerimov, shuningdek, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqot universiteti professori B.Doskarayev ishtirok etdilar.
➡️Anjuman davomida jismoniy tarbiya va sport sohasida sun’iy intellektning roli, ilmiy-tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy yondashuvlar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, oʻzaro tajriba almashildi.
💠Shuningdek, xalqaro ilmiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, ilmiy hamda amaliy yutuqlar bilan oʻrtoqlashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.