🤖2025-yil 18-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida zamonaviy sport fanini hamda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan nufuzli Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
⏩Mazkur anjuman jismoniy tarbiya va sport sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba almashuvini mustahkamlashga qaratildi.
➡️Konferensiya ishida universitet professor-o‘qituvchilari va yurtimizdagi yetakchi olimlar bilan bir qatorda xorijiy nufuzli oliy ta’lim va ilmiy muassasalar vakillari ham ishtirok etdilar. Jumladan:
⏺Kyoln Germaniya sport universiteti professori Markus Raab;
🔘Buxarest Politexnika milliy fan va texnologiya universiteti professori Vladimir Potop;
⏺Avstraliya universiteti professori Andrey Vorontsov;
🔴O‘zbekiston va Ukraina davlatlari professori Georgiy Korobeynikov;
🟣Ukraina Milliy jismoniy tarbiya va sport universiteti professori Irina Xmelnitskaya;
🟡Garvard universiteti professorlari Adams Isaiyah va Hakim Faraz;
⚫️Istanbul universiteti professori Pinar Kachar;
⏺Garvard universiteti yordamchi murabbiyi Bekzod Abdurahmonov.
💠Anjuman davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining sportchilar tayyorgarligini takomillashtirish, musobaqa jarayonlarini tahlil qilish, jarohatlarning oldini olish, murabbiylik qarorlarini optimallashtirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida qo‘llanilishi bo‘yicha dolzarb ma’ruzalar tinglandi. Konferensiya ishtirokchilari sohadagi zamonaviy yutuqlar va istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashib, kelgusida xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini alohida ta’kidladilar.