2025-yil 19-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori R. Matkarimov, Janubiy Koreyaning Nomadian IT kompaniyasi vakillari, shuningdek, Kyungdong universiteti prorektori Li Yong-Hun hamda professor Lim Young-Seondan iborat delegatsiya ishtirok etdi.
✔️Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlar, xususan, ta’lim, fan, madaniyat hamda innovatsion texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
🔺Tadbir doirasida Kyungdong universiteti prorektori Li Yong-Hun hamda professor Lim Young-Seon janoblarining ikki davlat o‘rtasida sport ta’limi sohasidagi samarali hamkorlik faoliyati e’tirof etilib, ularga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Faxriy professori” unvoni tantanali tarzda topshirildi.
🟢Muzokaralar yakunida “Nomadian” IT kompaniyasi tomonidan universitet hududida taekvondo sport turini rivojlantirish maqsadida “Baek Munjong” maxsus taekvondo sport zalini barpo etish uchun 100 000 000 Janubiy Koreya voni (KRW) miqdoridagi homiylik mablag‘i tantanali ravishda topshirildi.
💬Mazkur sport inshooti kelgusida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, universitet sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda yosh sportchilar uchun zamonaviy va qulay mashg‘ulot sharoitlarini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.
🟢Bugungi kunda universitetda xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib borayotgani, bu esa ta’lim va sport sohasida innovatsion rivojlanish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.