🗣Bugun, 19-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport vaziri Adham Ikramov raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✔️Yig‘ilish davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti mas’ullarining 2025-yildagi faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobot taqdimotlari tinglandi. Shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar, strategik yo‘nalishlar va rivojlanish rejalari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.
🔺Bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar, shuningdek, ma’ruzalarda ilgari surilgan tashabbuslardan kelib chiqib, 2026-yil uchun ustuvor vazifalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.