⚡️Joriy yilning 17–24-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o‘tkazilayotgan “Games of the Future 2025” xalqaro multisport turnirida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilari xalqaro sport maydonida munosib ishtirok etmoqda.
🗣️Xususan, universitet Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri B. Musayev mazkur nufuzli musobaqada LAZER TAG yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro hakam sifatida faoliyat olib bormoqda.
“Games of the Future 2025” turniri zamonaviy sport texnologiyalari, raqamli va jismoniy sport turlarini uyg‘unlashtirgan innovatsion musobaqa sifatida e’tirof etilmoqda.
🔺Lazer tag yo‘nalishi esa yuqori tezkorlik, strategik fikrlash, jamoaviy muvofiqlik va aniq texnologik nazoratni talab qiluvchi sport turi hisoblanadi.
➡️Mazkur musobaqalarda turli davlatlardan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etib, o‘yinlar yuqori raqobat, qat’iy reglament va xalqaro standartlar asosida o‘tkazilmoqda.
➡️Musobaqalar davomida:
🔘 jamoalarning taktik tayyorgarligi va strategik rejalashtirish darajasi,
🟣 sportchilarning texnologik vositalardan samarali foydalanish ko‘nikmalari,
🟡 o‘yin davomida intizom va adolat tamoyillariga rioya etilishi
alohida e’tiborni tortmoqda.
➡️Lazer tag bahslarida qarorlar real vaqt rejimida texnologik tizimlar orqali qayd etilishi sababli, hakamlar oldiga yuqori mas’uliyat yuklanadi. Ushbu jarayonda B. Musayevning xalqaro tajribasi va nazariy-amaliy bilimlari musobaqalarni adolatli va shaffof boshqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✅Xalqaro hakamlik — universitet nufuzining e’tirofi
Universitet vakilining bunday yirik xalqaro sport tadbiriga hakam sifatida jalb etilishi:
⚫️ O‘zbekiston sport ta’limi tizimining xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini,
⚫️ professor-o‘qituvchilarning professional salohiyati yuqori ekanini,
⚫️ universitetning xalqaro sport hamjamiyatidagi nufuzini oshirayotganini
yaqqol namoyon etadi.
➡️Mazkur ishtirok kelgusida lazer tag va boshqa innovatsion sport turlari bo‘yicha musobaqalar yurtimizda mezbonligida o‘tkaziladigan holatda, shuningdek, xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish uchun muhim tajriba bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.