Joriy yilning 19-iyun 6—iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon ota shahrida sportning biatlon turi bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
🏆Ushbu musobaqada universitetning Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti, Rustam Memetov O‘zbekiston biatlon terma jamoasi murabbiyi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, talabalardan
🥇 Rajabov Suxrob BT 51-24 1-o‘rin
🥇Tajibayeva Inobat BT 01-23 1-o‘rin
🥈Mirazimova Dilafruz BT 51-23 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston biatlon terma jamoasining mazkur musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritishida o‘zlarining munosib hissasini qo'shdilar.
Ushbu yutuq bilan sportchilar va universitet jamoasini tabriklaymiz.