🏋️♂️ 4–10 iyul kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida bo‘lib o‘tgan Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati musobaqalarida 71 kg erkaklar vazn toifasida ishtirok etgan universitetimiz og‘ir atletika yo‘nalishi talabasi Diyorbek Ruzmetov 319 kg og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirib, ushbu vazn toifasida osiyoda tengsiz ekanligini isbotladi.
✔️71 kg erkaklar vazn toifasidagi qit’amizning eng iqtidorli yosh atletlari ishtirokidagi qizg‘in bellashuvlar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi.
🥇 1-o‘rin — Diyorbek Ruzmetov 🇺🇿 (O‘zbekiston) – 319 kg
🥈 2-o‘rin — Albert Ian Delos Santos 🇵🇭 (Filippin) – 313 kg
🥉 3-o‘rin — Alikhan Askerbay 🇰🇿 (Qozog‘iston) – 310 kg
🔹 4-o‘rin — Boburmirzo Yo‘kubov 🇺🇿 – 296 kg
🔹 5-o‘rin — Babur Amangeldiyev 🇹🇲 – 295 kg
🔹 6-o‘rin — Kakamytrat Annamyradov 🇹🇲 – 288 kg
💪 Diyorbek Ruzmetovning O‘zbekiston terma jamoasiga taqdim etgan oltin medali yurtimiz og‘ir atletika tarixiga navbatdagi yorqin sahifa sifatida yozildi.
👏Barakalla Diyorbek, g‘alaba muborak bo‘lsin.
✈️ Telegram (https://t.me/uzdjtsu_rasmiy) | 📱 Instagram (https://instagram.com/uzdjtsu_rasmiy) | 📱 You Tube (https://www.youtube.com/@uzdjtsu_rasmiy) | 📱Facebook (https://www.facebook.com/UzDJTSU.uz) | 📱 X (https://x.com/uzdjtsu_rasmiy)