2025-yil 7-iyul sanasidan boshlab butun respublikamiz bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. Xususan 7-iyul kunidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni olish jarayonlari boshlandi.
✔️2025/2026 o‘quv yili uchun universiteti va uning Nukus filialiga ariza topshirgan abituriyentlar soni 3848 nafarni tashkil etadi.
Ulardan:
🔷O‘zbek tilida 2926 nafar (2344 nafari erkak, 582 nafari ayol); Rus tilida 607 nafar (479 nafari erkak, 128 nafari ayol); Qoraqalpoq tilida 315 nafar (245 nafari erkak, 70 nafari ayol).
🔷Universitetga ariza topshirgan abituriyentlar jami 3164 nafar, ulardan o‘zbek tilida 2557 nafar (2059 nafari erkak, 498 nafari ayolllar), rus tilida 607 nafar (479 nafari erkak, 128 nafari ayol).
🔷Universitet ta’lim yo‘nalishlari kesimida:
Sport faoliyati (50 ta sport turi bo‘yicha) yo‘nalishga jami 1396 nafar, ulardan o‘zbek tilida 1090 nafar (803 nafari erkak, 287 nafari ayol), rus tilida 306 nafar (217 nafari erkak, 89 nafari ayol).
🔷Adaptiv jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishga jami 1345 nafar, ulardan o‘zbek tilida 1135 nafar (965 nafari erkak, 170 nafari ayol)da, rus tilida 210 nafar (189 nafari erkak, 21 nafari ayol).
🔷Jismoniy madaniyat yo‘nalishiga jami 423 nafar, ulardan o‘zbek tilida 332 nafar (291 nafari erkak, 41 nafari ayol), 91 nafari rus tili (73 nafari erkak, 18 nafari ayol).
Nukus filialiga ariza topshirgan abituriyentlar soni 684 nafar, ulardan o‘zbek tilida 369 nafar (285 nafari erkak, 84 nafari ayol), Qoraqalpoq tilida 315 nafari (245 nafari erkak, 70 nafar ayollar).
🔷Kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan 51 ta sport turidan tasdiqlangan aniq mezonlar asosida qabul qilinadi.
🔷Ushbu jarayonning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida tegishli sport federatsiyalari (assosiatsiyalari)dan 61 nafar tajribali mutaxassis va murabbiylar, universitetdan 82 nafar professor-o‘qituvchi hamda sport ta’lim muassasalaridan 48 nafar tajribali murabbiylar jalb etilgan.
✅Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonida har bir abituriyentning iqtidori, jismoniy tayyorgarligi, texnik va taktik ko‘nikmalari xolis va aniq mezonlar asosida baholanishi qat’iy nazoratga olingan.
✍️Imtihon natijalari ERP sport platformasi orqali real vaqt rejimida planshetlar orqali kiritiladi va har bir abituriyentning shaxsiy natijasi avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqamiga SMS ko‘rinishida yuboriladi.
📱 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2025 yil 7 iyuldan – 18 iyulga qadar Universitet hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi quyidagi sport inshootlarida o‘tkaziladi.
🔗 LINK: https://t.me/uzdjtsu_rasmiy/28623
📹 Imtihon jarayonlarining halol va shaffof o‘tishi Sport vazirligi mutasaddilari tomonidan doimiy kuzatib borilmoqda hamda https://www.jtsu.uz/uz/e/admission-pages/4486-jonlikuzatish2025-2026 havolasi orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati mavjud!
✈️ Telegram (https://t.me/uzdjtsu_rasmiy) | 📱 Instagram (https://instagram.com/uzdjtsu_rasmiy) | 📱 You Tube (https://www.youtube.com/@uzdjtsu_rasmiy) | 📱Facebook (https://www.facebook.com/UzDJTSU.uz) | 📱 X (https://x.com/uzdjtsu_rasmiy)