Yurtimiz mezbonligida kechadigan jahon chempionati bahslarida 24 ta davlatdan jamoalar ishtirok etadi hamda ushbu chempionat o'yinlarining saralash bahslari Toshkent viloyatida joylashgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o'tkaziladi.
✅Bugun Sport vaziri o'rinbosari Sh.Maxmudov, Voleybol federatsiyasi vakillari hamda universitet rahbariyati ishtirokida voleybol bo'yicha o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik bo'yicha universitetda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash jarayonlari bilan tanishib, ushbu jarayonlarni o'z vaqtida va sifatli bajarib, belgilangan muddatlarda topshirish bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi.
✈️ Telegram (https://t.me/uzdjtsu_rasmiy) | 📱 Instagram (https://instagram.com/uzdjtsu_rasmiy) | 📱 You Tube (https://www.youtube.com/@uzdjtsu_rasmiy) | 📱Facebook (https://www.facebook.com/UzDJTSU.uz) | 📱 X (https://x.com/uzdjtsu_rasmiy)