📌Bugun, 9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarning uchinchi kuni o’tkazilmoqda.
Bugungi imtihon jarayonlari Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Maxmudov, vazirlik bo‘lim boshlig‘i M.Arziqulov hamda universitet rektori R.Matkarimov hamrohligida kuzatib borildi.
Shuningdek, ushbu jarayonlar davomida mutasaddilar tomonidan abituriyentlar, ularning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan suhbatlashildi.
ota-onalar va abituriyentlarning imtihonlar jarayonlari ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilayotgani borasidagi fikr va mulohazalari vazir o‘rinbosari Sh.Maxmudov tomonidan eshitildi hamda oldindagi imtihon jarayonlarida abituriyentlarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Imtihon jarayonlarida har bir abituriyentning iqtidori, jismoniy tayyorgarligi, texnik va taktik ko‘nikmalari xolis va aniq mezonlar asosida baholanishi qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, imtihon natijalari ERP sport platformasi orqali real vaqt rejimida planshetlar orqali kiritiladi va bunda har bir abituriyentning shaxsiy natijasi avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqamiga SMS ko‘rinishida yuboriladi.
📱Bugun abituriyentlar
✔️Sport faoliyati: futbol
✔️Sport faoliyati: jismoniy madaniyat
✔️Sport faoliyati: voleybol
✔️Sport faoliyati: velosport
✔️Sport faoliyati: dzyu-do
✔️Sport faoliyati: belbog'li kurash
✔️Sport faoliyati: ot sporti
✔️Sport faoliyati: regbi
✔️Sport faoliyati: karate VKF
✔️Sport faoliyati: tog‘ chang‘isi
✔️Sport faoliyati: zamonaviy besh kurash
✔️Sport faoliyati: snovbord
✔️Sport faoliyati: adaptiv jismoniy tarbiya va sport 2%
✔️Sport faoliyati: boks kabi yo’nalishlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda.
📹 Imtihon jarayonlarini https://www.jtsu.uz/uz/e/admission-pages/4486-jonlikuzatish2025-2026 havolasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin!
✈️ Telegram (https://t.me/uzdjtsu_rasmiy) | 📱 Instagram (https://instagram.com/uzdjtsu_rasmiy) | 📱 You Tube (https://www.youtube.com/@uzdjtsu_rasmiy) | 📱Facebook (https://www.facebook.com/UzDJTSU.uz) | 📱 X (https://x.com/uzdjtsu_rasmiy)