#universitet_hayotidan
📆Bugundan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning tegishli bo‘lim rahbarlari ishtirokida kafedralarining “Universitetni 2025-yilda rivojlantirishning MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI” II chorak bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimotlari boshlandi.
🥊Dastlabki taqdimot Boks hamda Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedralari mas’ullari tomonidan o‘tkazildi.
💻Taqdimotlarda ilmiy, xorijiy, o‘quv-uslubiy hamda talabalar bilan ishlash yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarini taqdim etilib, oldindagi ustuvor vazifalar va rejalar haqida ham ma’lumot berildi. O‘z o‘rnida hisobotlardan kelib chiqib maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olindi.