#universitet_hayotidan
📆Xabar berganimizdek, shu kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning tegishli bo‘lim rahbarlari ishtirokida kafedralarining “Universitetni 2025-yilda rivojlantirishning MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI” II chorak bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimotlari bo'lib o'tmoqda.
🥊Navbatdagi taqdimot Milliy kurash hamda Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari mas’ullari tomonidan o‘tkazildi.
💻Taqdimotlar davomida kafedra mas'ullarining o‘quv-uslubiy, ilmiy, xorijiy va talabalar bilan ishlash yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotlari tinglanib, kelgusidagi maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olindi.