🔊E'LON, E'LON, E'LON❗️
🎓🌎Xorijda o‘qishni orzu qilgan universitet talabalari diqqatiga!
✔️“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 2025-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi rasman e’lon qilindi!
🔽Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin:
➡️Bakalavriat
➡️Magistratura
➡️Doktorantura
🗓Tanlovda ishtirok etishni rejalashtirgan nomzodlar 2025-yil 15-iyunga qadar o'z ma'lumotlarini universitetning Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb etish bo'limiga taqdim etishlari zarur.
‼️Qadrli talaba-yoshlar xorijning nufuzli universitetlarida grant asosida o‘qish uchun imkon beruvchi mazkur tanlovda ishtirok eting va o'z orzularingiz sari dadil qadam tashlang!
📞Batafsil ma’lumot uchun telefon: +99877 444-49-92.