#REKTOR_KUBOGI
Joriy yilning 7-iyun kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan 13-14 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida regbi sport turidan yangi turdagi "To‘p marraga" nomli sport o‘yini bo‘yicha “REKTOR KUBOGI” musobaqasi o‘tkazildi.
O‘quvchi-yoshlar orasida sportni ommalashtirish hamda regbi sport turi bo‘yicha yangi iqtidorlarni kashf etish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada Toshkent shahri va viloyatidan jami 10 ta jamoa ishtirokida qizg‘in bahslar kechdi. O‘yin jarayonlari esa universitetning regbi ixtisosligi talabalari tomonidan boshqarib borildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar kafedra tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.