#tashrif
📍2025-yil 28-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Ukraina Milliy jismoniy tarbiya va sport universiteti suv sport turlari kafedrasi mudiri, professor, jismoniy tarbiya va sport fanlari doktori, Ukraina Fanlar akademiyasi akademigi Dyachenko Andrey Yurevich tashrif buyurdi.
💬Dastlab, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi rahbariyat jamoasi hamda faxriy mehmon o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, unda ikki tomonlama xalqaro aloqalarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda suv sport turlari bo‘yicha ilmiy loyiha va anjumanlar tashkil qilish, ta’lim sifatini yanada oshirish, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.
🖥Shundan so‘ng Dyachenko Andrey Yurevich tomonidan universitet talabalari uchun "Sportchilarda ish qobiliyatini nazariy asoslari. Ko‘p yillik tayyorlov tizimiga kirish", "Laboratoriya sharoitida sportchilarning funksional testlari" hamda "Olingan natijalarni tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish" singari qiziqarli mavzularda ma’ruzalar qilindi.