#xizmat_safari
✅Joriy yilning 18-29-may kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi professor-o‘qituvchisi M.Tashev Tailandning Pattaya shahrida xizmat safarida bo‘ldi.
✍️Safar davomida universitetimiz vakili mazkur shaharda sportning bochcha turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo-Okeaniya chempionatida faol ishtirok etib, musobaqa jarayonlarini boshqarib bordi.
🤔Shuningdek, ushbu chempionatda Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabasi Nizomiddin Hayriddinov ham munosib qatnashib, o‘z mahoratini oshirdi.