✅Ayni kunlarda Kamerunning eng yirik shahri Duala Afrikadagi kurashni rivojlantirish markaziga aylandi. Ushbu shaharda “Arena & Academy by Francis Ngannou”da Xalqaro kurash instituti tomonidan Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Afrika Kurash ittifoqi va Kamerun kurash assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.
🤼Afrika qit'asidan kurashchilarni birlashtirgan mazkur xalqaro seminarda tajribali murabbiy va hakamlar, Xalqaro kurash institutining yuqori malakali mutaxassislari: Ravi Kapur, Vohid Pouresfandiyar, Rizomat Soliyev, shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Nuriddin Chorshamiyev tomonidan kurash sport turi bo‘yicha amaliy hamda nazariy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
📍Aytish joizki, mazkur xalqaro seminarda 25 dan ortiq ishtirokchilar munozaralar va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, bevosita kurash bo‘yicha yetakchi ekspertlardan qimmatli tushunchalarga ega bo‘lmoqda. Bu esa butun Afrikada kurashning o'sishi va ommalashishiga xizmat qiladi.