🏐2025-yil 30-may kuni ana shu mavzuda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan Xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi.
✅Jismoniy tarbiya, sport sohasida ilmiy tadqiqotlar va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, ilmiy hamda amaliy yutuqlar bilan o‘zaro o‘rtoqlashishdan maqsadida tashkil etilgan ushbu anjumanda oliygoh prorektorlari, kafedra mudirlari, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi vakillari, professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistrant hamda talabalari ishtirok etdi.
🖥Konferensiya davomida ishtirokchilar tomonidan ko‘p yillik tayyorgarlik davomida basketbolchilarning mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarini nazorat qilishning ilmiy-metodik asoslari, voleybolda aniqlik hal qiluvchi sifat sifatida, Besh tashabbus musobaqalarida ijro etiladigan harakat funksiyalarini simmetrik tartibda shakllantirish dolzarbligi hamda boshqa qator mavzularda taqdimot va ma'ruzalar qilindi.
📜Anjuman so'ngida esa faol ishtirokchilar maxsus diplom va sertifikat bilan taqdirlandilar.