#talaba_yutuqlari
Joriy yilning 28-31 may kunlari Koreyaning Gumi shahrida yengil atletika bo‘yicha 26-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
🎆Quvonarlisi musobaqaning ilk kunidan boshlab mazkur musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari sovrindorlar qatoridan joy oldi.
✅Jumladan, universitetning yengil atletika yo‘nalishi talabasi Sharifa Davronova uch hatlab sakrash bahslarida 13,74 m. natija ko‘rsatib, Osiyo chempionatining 🥈kumush medali sohibasiga aylandi.
📍Shuningdek, yana bir talabamiz Ibrohim Mahkamov uch hatlab sakrashda 16,24 m natija bilan 5-o‘rinni egalladi. Endilikda, kafedra dotsenti B.Xaydarov boshchiligida qizg‘in bahslarga kirishadigan talabalarimiz jamoasi: O‘g‘iloy Norboyeva, Nodir Norboyev hamda Barnoxon Sayfullayevadan g‘alabalarni kutib qolamiz!