#imtihon
✔️Bugun, 27-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida mustaqil izlanuvchilikka qabul bo'yicha suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
📌Mamlakatimizning turli viloyatlaridan hujjat topshirgan hamda uzrli sabablarga ko‘ra suhbatga kela olmagan talabgorlar uchun ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida ZOOM dasturi orqali onlayn suhbat o‘tkazildi.
✍️Jami 56 nafar mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan talabgorlar bilan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.
🎆Mazkur jarayon universitet rektori Rashid Matkarimov boshchiligida komissiya a’zolari tomonidan olib borildi.
✔️Suhbat davomida mustaqil izlanuvchilikka talabgorlardan har bir ilmiy ish jismoniy tarbiya va sport sohasining rivoji uchun, xususan, muayyan sport turining metodologik asoslariga xizmat qilishi, dissertatsiya natijalarini olishda izlanuvchining shaxsiy ishtiroki, o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining qay darajada to‘g‘riligi, yangiligi va amaliy ahamiyati, dissertatsiya mavzusining ixtisoslikka mosligi, bundan tashqari o‘z yechimini kutayotgan mavjud muammolarni hal qilish zarurligi haqida foydali tavsiyalar berildi.