⚡️“Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan BMTning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt mazmun-mohiyatini keng targʻib qilishga qaratilgan mahorat darsi tashkil etildi
🟢Mavzu doirasida inson huquqlarini xalqaro-huquqiy himoya qilish tizimida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarning o‘rni, mazkur huquqlarning xalqaro standartlari hamda ularni milliy darajada ta’minlashning huquqiy mexanizmlari haqida ishtirokchilarga tizimli va ilmiy asoslangan ma’lumotlar berildi.
Paktning tuzilishi va unda belgilangan asosiy qoidalar izchil tahlil qilindi.
🗣️Jumladan, Paktning Ta’lim olish huquqiga bag‘ishlangan qismda ta’limning inson shaxsini to‘liq rivojlantirish, inson qadr-qimmati va huquqlariga hurmatni kuchaytirish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati tushuntirildi.
🌎Ta’lim olish imkoniyatining tengligi, ta’limning mavjudligi va undan foydalanish imkoniyatlari insonning boshqa iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun muhim shartlardan biri ekanligi qayd etildi.