📑Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtabi va ishchi guruhi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosini ta’minlash, belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosini o‘rganish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tashrif buyurdi.
🌎Tashrif davomida ishchi guruhi a’zolariga universitetda talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlarni turli salbiy illatlar va yot g‘oyalardan asrash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, muammoli toifadagi talabalar bilan manzilli ishlash, ta’lim muassasasida sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish, shuningdek mahallalarning uyushmagan yoshlari bilan olib borilayotgan ishlar ishlar yuzasidan universitet rektori tomonidan taqdimot qilindi.
🗣️Taqdimot davomida ishchi guruhi a’zolari universitetda ushbu yo‘nalishda yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar, tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar hamda talaba-yoshlarning muammolarini barvaqt aniqlash va ularni hal etishga qaratilgan amaliy mexanizmlar bilan yaqindan tanishdilar.
⏩Shuningdek, viloyat oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasida olib borilayotgan ishlar Chirchiq davlat pedagogika universiteti faoliyati misolida ko‘rsatib berildi.
⚡️Shundan so‘ng, universitetning Madaniyat saroyida viloyat mahallalarida oilaviy nizolar va ular oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalardagi nizoli holatlarni barvaqt aniqlash hamda ularni tinch yo‘l bilan hal etish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan “Oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish” mavzusida seminar tashkil etildi.
✅Seminarda mahalla yettiligi qatorida oliy ta’lim muassasalarining uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan malakali professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar.