✔️Joriy yilning 5-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Qozog'istonnning Kudaibergen Jubanov nomidagi Aqto'be mintaqaviy universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi.
🤝Mazkur memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etishdan iborat.
⏩Hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilg‘or tajriba va ilmiy ishlanmalar bilan o‘rtoqlashish, qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlar hamda ta’lim loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda.
✅Ushbu kelishuv O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish, yoshlarning xalqaro tajriba orttirishi va zamonaviy bilimlarni egallashiga xizmat qiladi.