O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ilmiy-tadqiqot markazi tarkibidagi Sport biomexanikasi laboratoriyasida O‘zbekiston ayollar milliy boks terma jamoasi a’zolari ishtirokida kompleks ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari amalga oshirildi.
✔️Tadqiqotning asosiy maqsadi sportchilarning terma yig‘in mashg‘ulotlaridan oldingi jismoniy holatini individual baholash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan oqilona mashqlar dasturini ishlab chiqish hamda yig‘indan keyingi ko‘rsatkichlarni nazorat testlari orqali tahlil qilishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, sportchilarning avvalgi musobaqalarda qayd etgan natijalarini yanada yaxshilash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
➡️Tadqiqot jarayoniga xalqaro toifadagi sport ustalari — Navbahor Hamidova, Aziza Zokirova, Farzona Fozilova, Sabina Boboqulova, Feruza Kazakova hamda Setora Turdibekova jalb etildi.
🗣️Jarayon zamonaviy sport ilm-fani talablariga muvofiq kompleks yondashuv asosida tashkil etilib, har bir sportchi individual tarzda 12 xil zarba texnikasi hamda umumiy jismoniy holati bo‘yicha baholandi. Tadqiqot biomexanik, fiziologik va neyromotor ko‘rsatkichlarni bir vaqtning o‘zida aniqlash imkonini beruvchi integratsiyalashgan protokol asosida olib borildi.
🗣️Tadqiqot davomida quyidagi zamonaviy uskunalardan foydalanildi:
➡️“3DMA & Motive” tizimi — harakatlarning 3D biomexanik tahlili, zarba fazalari va bo‘g‘imlar kinematikasini aniqlash;
➡️Instrumentlashtirilgan boks qopi — zarba kuchi, tezligi va aniqligini baholash;
➡️QuickBoard — neyromotor chaqqonlik, reaksiya tezligi va koordinatsiyani o‘lchash;
➡️Tanita RD-545 — tana tarkibi, mushak massasi, yog‘ foizi va suv balansini tahlil qilish;
➡️Dinamometr — panja kuchini aniqlash;
➡️SP80B Spirometer — nafas olish tizimi funksional imkoniyatlarini baholash;
➡️GAIFU DADI SPEED 6+ — tezlik va reaksiya ko‘rsatkichlarini aniqlash.
📄Tadqiqot davomida quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar aniqlandi:
🟢zarba vaqtida bo‘g‘imlar harakat trayektoriyasi va burchak tezliklari;
🟢kuch generatsiyasi va impuls uzatilishining kinematik zanjiri;
🟢dominant va nondominant oyoqlar o‘rtasidagi funksional assimetriya;
🟢zarba kuchi va aniqligi bilan neyromotor koordinatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik;
🟢sportchilarning umumiy funksional holati — kuch, chidamlilik, tezkorlik va reaksiya darajasi.
✅Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
🟢individual texnik kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish;
🟢zarba texnikasini biomexanik jihatdan optimallashtirish;
🟢jarohatlanish xavfini kamaytirish;
🟢sportchilar tayyorgarligini ilmiy monitoring qilish;
🟢individual mashg‘ulot dasturlarini ishlab chiqish.
🟡Mazkur ilmiy-amaliy tadqiqot sport biomexanikasi, neyromotor nazorat va funksional diagnostika yo‘nalishlarini integratsiyalashgan holda qo‘llash orqali ayol bokschilar tayyorgarligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv xalqaro sport ilm-fani standartlariga to‘liq mos bo‘lib, milliy terma jamoamiz sportchilarining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirishda muhim ilmiy asos vazifasini bajaradi.