Bugun, 1-iyul kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📱Universitet rektori Rashid Matkarimov raisligida o‘tgan yig‘ilish avvalida universitetning 2025/2026-o‘quv yili yakunlari hamda erishilgan yutuqlarni aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi.
📌Shundan so‘ng Kengash raisi tomonidan universitetda 2026-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, erishilgan natijalar hamda istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan ma’ruza qilindi.
✅Kengash yig‘ilishi davomida quyidagi tantanali marosimlar tashkil etildi:
🟢"Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi" sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish hamda jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etgan universitet xodimlariga Sport vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashakkurnomalari topshirildi.
🟢Yubiley yoshini nishonlayotgan universitet professor-o‘qituvchilari munosib taqdirlandi.
🟢2026-yilning ikkinchi choragida ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
💬Kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi universitet jamoasining o‘tgan o‘quv yilidagi samarali faoliyati sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilash hamda professor-o‘qituvchilar va xodimlarning mehnatini munosib e’tirof etishga xizmat qildi.