2026/2027-o‘quv yilida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga (O‘zDJTSU) bakalavriat bosqichiga qabul 62 ta sport turi bo‘yicha amalga oshiriladi. Shundan 32 tasi yozgi, 5 tasi qishki Olimpiya sport turlarini tashkil etadi.
Magistratura bosqichiga quyidagi 5 ta mutaxassislik bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:
Sport faoliyati;
Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish;
Adaptiv jismoniy tarbiya va sport;
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–414-son qaroriga muvofiq, bakalavriatning "Sport faoliyati" ta’lim yo‘nalishiga kamida II sport razryadiga ega bo‘lgan abituriyentlargina hujjat topshirishlari mumkin. Mazkur talab "Adaptiv jismoniy tarbiya va sport" hamda "Jismoniy madaniyat" ta’lim yo‘nalishlariga tatbiq etilmaydi.
Magistraturaning "Sport faoliyati" mutaxassisligiga esa kamida Sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod sport razryadiga ega abituriyentlar hujjat topshirish huquqiga ega.
Qabul ko‘rsatkichlari
2026/2027-o‘quv yili uchun universitetga jami 2 075 ta qabul kvotasi ajratilishi rejalashtirilgan.
Shundan:
bakalavriatning "Sport faoliyati" ta’lim yo‘nalishlariga – 1 740 ta;
magistratura bosqichiga – 125 ta o‘rin ajratilgan.
Hozirgi kunga qadar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 2 346 nafar abituriyent hujjat topshirgan.
Shundan:
663 nafar (41,9 foiz) abituriyent "Adaptiv jismoniy tarbiya va sport" ta’lim yo‘nalishini;
321 nafar abituriyent "Jismoniy madaniyat" ta’lim yo‘nalishini tanlagan.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan joylar
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar:
47 ta sport turi bo‘yicha universitet bazasida;
15 ta sport turi bo‘yicha esa universitetdan tashqaridagi sport obyektlarida o‘tkaziladi.
Jumladan:
qishki sport turlari — "Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi" (Chirchiq);
muz sport turlari — "Alpomish" muz saroyi (Toshkent);
kibersport — "Samuray" kompyuter klubi (Chirchiq);
ot sporti — "Allyur" ot sporti bazasi;
eshkak eshish — "Toshkent dengizi" bazasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Baholash tartibi
Bakalavriat bosqichida maksimal baho 189 ball etib belgilangan.
O‘zbekiston chempioni va undan yuqori nufuzdagi sport musobaqalari g‘oliblari hamda Sport ustasi sport razryadiga ega abituriyentlarga 156 ball miqdorida imtiyoz beriladi va ular kasbiy imtihonlarga suhbat asosida jalb etiladi.
Barcha abituriyentlar test sinovlarini topshiradi. Test sinovlari maksimal 33 ball bilan baholanadi.
Shuningdek, Sport vazirligining tegishli xati asosida jahon miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan sportchi-abituriyentlar magistratura bosqichiga imtihonsiz qabul qilinishi mumkin.
Tashkiliy masalalar
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish uchun Sport vazirligi hamda sport federatsiyalari bilan kelishilgan holda 62 ta imtihon komissiyasi shakllantirilgan.
Komissiya raislarining:
49 nafari universitet professor-o‘qituvchilari;
13 nafari sport federatsiyalari va sport tashkilotlari vakillaridan iborat.
Jami imtihon komissiyalarida:
103 nafar universitet professor-o‘qituvchisi;
73 nafar sport federatsiyalari hamda boshqa sport tashkilotlari mutaxassislari faoliyat olib boradi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni 2026-yil 6–20-iyul kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Universitet hududida o‘tkaziladigan imtihonlarni abituriyentlarning ota-onalari va kuzatuvchilar "Madaniyat saroyi" hamda boshqa binolarda o‘rnatilgan monitorlar orqali onlayn kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Belgilangan tartibga muvofiq, barcha imtihon jarayonlari videokuzatuv moslamalari orqali yozib olinadi.
Abituriyentlarning murojaatlariga tezkor javob berish maqsadida 2026-yil 5-iyundan universitet huzurida Call center faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Markazda 7 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Call center telefon raqamlari universitetning rasmiy saytida e’lon qilingan.
O‘zDJTSU Nukus filiali
O‘zDJTSU Nukus filialida 23 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 622 ta qabul kvotasi ajratilgan.
Ayni paytda filialga 639 nafar abituriyent hujjat topshirgan.
Shundan:
131 nafar (20,5 foiz) abituriyent "Adaptiv jismoniy tarbiya va sport" ta’lim yo‘nalishini;
198 nafar abituriyent "Jismoniy madaniyat" ta’lim yo‘nalishini tanlagan.