Prezidentimiz tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportni ommalashtirish hamda yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari final bosqichi ishtirok etuvchi Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari sportchi talabalari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tantanali kutib olindi.
Universitetda mehmonlarni kutib olish, joylashtirish va ular uchun barcha zarur shart-sharoitlar to‘liq tayyorlangan. Oliygoh jamoasi kun davomida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning yakuniy final bosqichida ishtirok etadigan qariyb ikki ming nafar talabani munosib kutib olmoqda