Ma’lumki, iqtidorli sportchi yoshlarni seleksiya qilish tizimini kengaytirish uchun “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalari tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Bu yil tajriba tariqasida 10 ta sport turi – boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, yunon rum kurashi, og‘ir atletika, yengil atletika, badiiy gimnastika, stol tennisi, basketbol 3x3 tanlab olindi.
Bunda yengil atletikaning alohida texnik va murakkab turlaridan hisoblangan bosqon uloqtirish, disk uloqtirish yo‘nalishlarini xavfsiz va munosib sport infratuzilmasida o‘tkazish maqsadida respublikamizning 14 ta hududida namunaviy turdagi maxsus yengil atletika bazalari barpo etilmoqda.
Bugun Sport vaziri Chirchiq shahriga tashrifi davomida O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida ayni shu maqsadlarda barpo etilayotgan sport inshooti loyihasi va qurilish jarayonlarini mas’ullar ishtirokida sinchiklab ko‘rib chiqdi.
O'rganish davomida qurilish ishlarini yuqori sifatda amalga oshirish va 14 ta hududda ham qurilish jarayonlarini o'z vaqtida yakunlash hamda foydalanishga topshirish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshirqlar berildi.
Web-Sayt (https://gov.uz/sport/) | Telegram (https://t.me/Minsportuz) | Facebook (http://fb.com/MinistrySportUz) | Instagram (https://www.instagram.com/minsport.uz/) | Youtube (http://bit.ly/30pICdW)