Imtihonlarning ochiq, oshkoralik tamoyillari asosida o‘tishini ta’minlash uchun belgilangan joylarda o‘tkazilayotgan imtihon jarayonlari Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Farhod Turdiyev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Erkinbay Qutibayevlar tomonidan doimiy ravishda kuzatib borilmoqda.
Abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlarini topshirishi uchun joylarda to‘liq sharoitlar yaratilgan. Imtihon topshiruvchilarning ballarini baholash to‘liq raqamlashtirilgan. Ya’ni, imtihon topshiruvchiga o‘sha vaqtning o‘zida to‘plagan ballari qo‘l telefoniga SMS xabar qilib yuboriladi.
To‘plagan ballaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar esa shikoyat arizasi berishlari uchun filialda apellatsiya komissiyasi ham ishlab turibdi.
Web-Sayt (https://gov.uz/sport/) | Telegram (https://t.me/Minsportuz) | Facebook (http://fb.com/MinistrySportUz) | Instagram (https://www.instagram.com/minsport.uz/) | Youtube (http://bit.ly/30pICdW)