Xabaringiz bor, joriy yilning 24-iyul - 3-avgust kunlari yurtimiz mezbonligida kechadigan jahon chempionati bahslarida 24 ta davlatdan jamoalar ishtirok etadi hamda ushbu chempionat o'yinlarining saralash bahslari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham o'tkaziladi.
Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov, Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, Voleybol federatsiyasi vakillari ishtirokida voleybol bo'yicha o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik bo'yicha universitetda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini ko'zdan kechirdi.
Ushbu nufuzli xalqaro musobaqa oldidan qurilish jarayonlarini o'z vaqtida va sifatli bajarib, belgilangan muddatlarda topshirish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Web-Sayt (https://gov.uz/sport/) | Telegram (https://t.me/Minsportuz) | Facebook (http://fb.com/MinistrySportUz) | Instagram (https://www.instagram.com/minsport.uz/) | Youtube (http://bit.ly/30pICdW)