#malakaviy_imtihon
✅Ayni vaqtda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida mustaqil izlanuvchi hamda doktorantlar uchun 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
🗣Imtihon davomida talabgorlar komissiya aʼzolari tomonidan berilgan savollarga kerakli javoblarni qaytarish bilan birga, oʻz yoʻnalishida olib borayotgan ilmiy ishlaridagi maqsad va vazifalar hamda ishning yangilik jihati nimalardan iborat ekanligini izohlab bermoqdalar.
❗️Shuningdek, olib borilayotgan har bir ilmiy ish yuzasidan komissiya a’zolari o‘zlarining kerakli tavsiyalarini bermoqda.