🔈Diqqat e'lon!!
Hurmatli universitet professor-oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, magistrant hamda talabalar diqqatiga!
📊Sizlarni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan tashkil qilinayotgan “Sport amaliyotida maqsadli harakatlar aniqligini barqarorlashtirish” mavzusidagi Xalqaro ilmiy anjumaniga taklif qilamiz.
✅Anjumanning bosh maqsadi - jismoniy tarbiya, sport sohasida ilmiy tadqiqotlar va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, ilmiy hamda amaliy yutuqlar bilan o‘zaro o‘rtoqlashishdan iboratdir.
🗓⏱Anjuman sanasi va vaqti: 2025-yil 30-may kuni soat 10:00 da.
🏢Manzil: universitet Madaniyat saroyi konferensiya zali.
‼️Barchangizni ushbu ilmiy-amaliy anjumanda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!