Diqqat E'lon!!
⚡️Hamkor oliy ta'lim muassasalari bilan do'stlik va xalqaro aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, "Sportchi – yurt himoyachisi" shiori ostida talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni targ‘ib etishga qaratilgan respublika sport oyligiga bag‘ishlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining O‘zbekiston Respublikasi Chirchiq filiali talabalari o‘rtasida sportning 🏓stol tennisi turidan musobaqa bo'lib o'tadi!
✍️Ushbu musobaqada qatnashish istagidagi ishtirokchilar o'z talabnomalarini 21-may kuni soat 18:00 ga qadar Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga topshirishlari lozim.
🗓Musobaqa o‘tkaziladigan sana: 2025-yil 22-may kuni.
⏱Vaqt: soat 09:00 da.
📍Manzil: O'zDJTSU stol tennisi zali.
✅Barchangizni qizg'in va shiddatli bahslarga guvoh bo'lishga chorlab qolamiz!