Diqqat E'lon!!
Qadrli universitetimiz sportchi talabalari!
Sizlarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport klubi hamda Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamkorligida "SPORTCHI - YURT HIMOYACHISI" shiori ostida davom etayotgan "Sport oyligi" doirasida o‘tkaziladigan kurash sport turi bo'yicha Oliy talim fan va innovatsiyalar vaziri kubogining hududiy bosqich musobaqasiga taklif etamiz.
🗓⏱Musobaqa 2025-yil 21-may kuni soat 10:00 da universitet Madaniyat saroyi (kurash zali)da o‘tkazilib, soat 09:00 dan 10:00 ga qadar vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tadi. ⚖️Vazn toifalari: 60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg, +90 kg.
✍️Ishtirokchi jamoalar talabnomalarni 20-may kuni soat 15:00 ga qadar topshirishlari lozim.