#xalqaro_hamkorlik
🗓2025-yil 14-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Fransiyaning nufuzli Strasbourg universiteti vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. “Zoom” platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etilib, ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
✅Ushbu onlayn uchrashuvda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori J.Zarifbayev, Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb etish bo‘limi boshlig‘i M.Yo‘ldoshev, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori A.Alimov, Strasbourg universitetining Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Anjelique Daniel hamda Sport fanlari fakulteti professori Fabrice Favret ishtirok etdi.
💬Xususan, uchrashuv davomida tomonlar ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashib, onlayn Memorandum imzolash to‘g‘risida taklif bildirildi. Shuningdek, Strasbourg universitetining akademik mobillik uchun ajratilgan maxsus granti va Erasmus+ ta’lim dasturlariga qo‘shilish orqali talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
‼️Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur hamkorlik nafaqat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga, balki xalqaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.