📚Ayni kunlarda Farg'ona shahrida axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar, nashriyotlar, arxiv va muzeylar rahbarlari, soha mutaxassislari, olimlar, o‘qituvchilar, jamoat arboblari, vazirlik hamda idoralar vakillari ishtirokida "Central Asia –2025” Xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda
📕Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot kutubxona resurslariga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ushbu Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Axborot resurs markazi xodimasi Noila Azlarova ham faol ishtirok etmoqda.
📌Eslatib o‘tamiz, konferensiya 17-may kuniga qadar davom etib, unda kutubxona-axborot resurslarini targ‘ib etish, xorijiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanishning samarali usullari hamda kitobxon madaniyatini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr va tajriba almashiladi.