#davra_suhbati
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xotin-qizlar bilan ishlash bo'limi tomonidan bugungi kunda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayollar sportini rivojlantirish, shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni oliy ta’limga keng qamrab olish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
⚡️Shu maqsadda Xotin-qizlar bilan ishlash bo'limi va bir qator kafedra mas’ullari hamda Chirchiq shahrida joylashgan 13-umumta’lim maktabi bitiruvchi o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
💬Suhbat davomida vakillarimiz O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyati, talabalar hayoti va ularga yaratilgan sharoitlar hamda sport turlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi. Ayniqsa, yurtimiz sharafini jahon maydonlarida himoya qilib kelayotgan taniqli sportchi qizlar shu dargoh talabasi ekanligi o‘quvchi-qizlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
❓Davra suhbati savol-javoblar bilan yanada mazmunli o‘tdi.