#talaba_yutuqlari
🏀2025-yil 10-16 may kunlari Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda olimpiya zaxiralari kolleji sport maydonlarida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi "Talabalar ligasi” sport musobaqalarining basketbol sport turidan Respublika final bosqichi o'yinlari bo'lib o'tdi.
✔️Musobaqa davomida 32 ta jamoa o‘rtasida g‘oliblik uchun shiddatli bahslar kechib, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining basketbol bo‘yicha yigitlar terma jamoasi barcha raqib jamoalardan ustun kelib, chempionlikni tantana qildilar.
💐👏Talaba-yigitlarimizga g‘alaba muborak bo‘lsin!