‼️E’LON
Joriy yilning 29-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan velosiped hamda paravelosiped sport turi bo‘yicha kafedra Ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.
👇Musobaqa 18-25 yosh toifasida ayollar va erkaklar o‘rtasida o‘tkazilib, unda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar 2024-yil 27-fevral sanasiga qadar talab etiladigan quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:
✔️passport nusxasi;
✔️tibbiy ko‘rikdan ma’lumotnoma.
📌Eslatma: G‘olib va sovrindorlarga yagona tasnifda tasdiqlangan ko‘rsatgichlar bo‘yicha sport razryadi beriladi.
📆⏰Musobaqa 29-fevral kuni 10:00 da universitet Sport majmuasi (manej)da boshlanadi. Qatnashuvchilar o‘zlari bilan shaxsiy velosiped olib kelishlari kerak.
☎️Murojat uchun telefon.: +99898 303-39-95.