#besh_tashabbus_olimpiadasi
Xabaringiz bor, bugun Buxoro viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining final bosqichi boshlanmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida Toshkent viloyati jamoasi 35 nafar tarkib bilan ishtirok etayotgan bo‘lsa, shundan 23 nafari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sportchi talaba-yoshlaridir.
Eslatib o‘tamiz, universitetimiz talabalari sportning voleybol (o‘g‘il va qiz bolalar), stritbol (o‘g‘il va qiz bolalar) hamda stol tennisi (o‘g‘il bolalar) turlaridan g‘oliblik uchun o‘zaro bahslarga kirishadi.
Toshkent viloyati jamoasi sportchilariga barcha musobaqalarda omad tilab qolamiz!