2026 yil 16 may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Ta’lim va sportni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbek-Xitoy assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
🔺Memorandum O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R. Matkarimov hamda Ta’lim va sportni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbek-Xitoy assotsiatsiyasi raisasi Wei Jie xonim tomonidan imzolandi.
✔️Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan, sport va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, memorandum doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, sport va madaniy tadbirlarni tashkil etish, xalqaro konferensiyalar va forumlar o‘tkazish hamda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
➡️Uchrashuv yakunida tomonlar uzoq muddatli va samarali hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
✅Mazkur hamkorlik ikki davlatning akademik va sport hamjamiyatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.