Joriy yilning 14-17 may kunlari Navoiy shahridagi Yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yoshlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
🔶Mazkur chempionatda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan sportchilar 10 ta vazn toifasida o‘zaro kuch sinashmoqda. Musobaqa yosh sportchilarning mahoratini oshirish, ularning tajribasini boyitish hamda iqtidorli sportchilarni saralab olishga xizmat qiladi.
🟢O‘zbekiston chempionatining kechagi kun bahslarida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi belbog'li kurash ixtisosligi talabalari 3 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medaliga ega chiqishdi.
Belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida;
o‘g'il bolalar o‘rtasida
🥇-o‘rin Jalilov Eldor
🥇-o‘rin Xudoyberdiyev Olloberdi
🥇-o‘rin Erkinboyev Javlon
🥈-o‘rin Soliyev Hamidullo
🥈-o‘rin Boymatov Sohib
🥈-o‘rin Soliyev Samandar
🥉-o‘rin Miraxmadov Mirzabadal
🥉-o‘rin Abdurahimov Abdulaziz
🥉-o‘rin Mahmudov Eldor
Qizlar o‘rtasida
🥇-o‘rin Ravshanova Nafisa
📱Ushbu yutuqlar bilan universitetimiz talabalarini hamda ularning ustoz va murabbiylarini samimiy tabriklaymiz.