Bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, talabalar sport salohiyatini oshirish hamda ularni yirik sport musobaqalariga tayyorlash maqsadida Karate WKF sport turi bo‘yicha universitet ochiq birinchiligi yuqori saviyada tashkil etildi.
✅Mazkur musobaqada Karate WKF sport turida tahsil olayotgan sportchi-talabalar ham faol ishtirok etdilar. Bu esa bellashuvlarning yanada qizg‘in, raqobatbardosh va tomoshabop ruhda o‘tishiga xizmat qildi hamda turli sport yo‘nalishlari vakillari o‘rtasida tajriba almashish uchun muhim maydon vazifasini o‘tadi.
📚Musobaqada o‘g‘il bolalar o‘rtasida 4 ta vazn toifasida hamda qizlar o‘rtasida 4 ta vazn toifasida sportchilar o‘zaro kuch sinashdilar. Har bir jang murosasiz kurashlar, aniq va tezkor zarbalar, puxta himoya va taktik ustunlik bilan ajralib turdi. Ayniqsa, final bahslari keskin raqobat va yuqori sport mahorati bilan muxlislar e’tiborini tortdi.
🤩Kumite yo‘nalishi bo‘yicha:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar:
-60 kg vazn toifasi:
🥇 Fayzullayev Firdavs
🥈 Mustafoqulov E'zozbek
-75 kg vazn toifasi:
🥇 Yo‘ldoshev Jasur
🥈 Yo‘ldoshev Javohir
-84 kg vazn toifasi:
🥇 Qo‘chqorov Diyorbek
🥈 Fayzullayev Firdavs
+84 kg vazn toifasi:
🥇 Samadov Kamron
🥈 Muhammadjonov Oybek
🤩Kumite yo‘nalishi bo‘yicha:
Qizlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar:
-50 kg vazn toifasi:
🥇Yunusova Mohinur
🥈 Ibragimova Muslima
-55 kg vazn toifasi:
🥇Abduxoshimova Ruxshona
🥈 Nishonboyeva Fotima
🥉 Mamadiyeva Nafosat
-61 kg vazn toifasi:
🥇 Amirova Shahzoda
+68 kg vazn toifasi:
🥇 Asqarova Shohista
🥈 Jo‘rayeva Durdona
🥋Kata yo‘nalishi bo‘yicha
O‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar:
🥇-o‘rin Qo‘chqorov Diyorbek
Qizlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar:
🥇-o‘rin Asqarova Shohista
🥈-o‘rin Nishonboyeva Fotima
🥉-o‘rin Yunusova Mohinur
➡️Mazkur musobaqa sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini yanada mustahkamlash, ularning tajribasini oshirish hamda iqtidorli sportchilarni saralab olishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, ushbu bellashuvlar oldinda turgan respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun samarali bosqich vazifasini o‘tadi.
🏆Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar diplom hamda medal bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.