Xabar berganimizdek, joriy yilning 27–30-aprel kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Fijital sport federatsiyasi hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi hamkorligida Fijital sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
💻30-aprel kuni musobaqaning eng qiziqarli yo‘nalishlaridan biri “Fijital LAZERTAG” turi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Ushbu bahslarda jami 6 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
🎮Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇-o‘rin — O‘zDJTSU jamoasi
🥈-o‘rin — Samarqand viloyati jamoasi
🥉-o‘rin — O‘zDJTSU jamoasi
🏆Shu tariqa, Fijital sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘z yakuniga yetdi.
👏Barcha ishtirokchilar va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz!