O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida ommaviy sport turlarini rivojlantirish maqsadida sport musobaqalari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
🗓 2026-yil 2-may, shanba kuni talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida voleybol va stol tennisi sport turlari bo‘yicha universitet birinchiligi o‘tkazildi.
🏓 Stol tennisi bo‘yicha g‘oliblar:
🥇 1-o‘rin — Sherzod Mamajanov
🥈 2-o‘rin — Xurshid Abdurahimov
🥉 3-o‘rin — Yo‘ldosh Abduvaliyev
🥉 3-o‘rin — Yo‘ldosh Abdurasulov
🏐 Voleybol bo‘yicha g‘oliblar:
🥇 1-o‘rin — Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi
🥈 2-o‘rin — Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
🥉 3-o‘rin — Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi
🌎 Musobaqa davomida talabalar yuqori sport mahorati, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan intilishni namoyon etdilar. G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.