🏃2026-yil, 12-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabalariga Paralimpiya sport turlaridan 5x5 futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi A.Abdullayev tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.
👦Mashg‘ulot davomida talabalarga 5x5 futbolning o‘ziga xos jihatlari, tayyorgarlik jarayoni va amaliy tajribalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.