⚡️Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamkorligida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sportning “Voleybol” turi bo‘yicha universitet birinchiligi musobaqasi tashkil etildi.
➡️Mazkur sport tadbirida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida kafedra va bo‘limlardan jami 12 ta jamoa ishtirok etdi.
🟡Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:
🥇-o‘rin — Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi jamoasi
🥈-o‘rin — Dzyudo, sambo nazariyasi va uslubiyati kafedrasi jamoasi
🥉-o‘rin — Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi jamoasi
➡️Mazkur musobaqa professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik va sport ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.