✔️Kengash yig‘ilishi universitet rektori Rashid Matkarimov raisligida o‘tkazildi. Unda Sport vazirligi Professional sport ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.Turdiyev, universitet prorektorlari, kafedra mudirlari, bo‘lim rahbarlari, Kengash a’zolari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
🇺🇿Yig‘ilish avvalida Davlatimiz rahbari — Shavkat Mirziyoyevning serqirra va jo‘shqin faoliyatini aks ettiruvchi “Yil va yo‘l” nomli hujjatli film namoyish etildi.
⏩Shundan so‘ng Kengash raisi tomonidan 2025-yil 26-dekabr kuni Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ilgari surilgan ustuvor g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati jamoaga batafsil tushuntirib berildi.
➡️Murojaatnoma mazmunini nafaqat professor-o‘qituvchilar, balki talabalar o‘rtasida ham keng va tizimli ravishda targ‘ib etish zarurligi alohida ta’kidlandi. Unda belgilangan maqsad va vazifalarni yoshlar ongiga singdirish, ularni Vatan taraqqiyoti yo‘lida faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga chorlash muhim vazifa ekani qayd etildi.
✔️Yig‘ilish davomida universitetda 2025-yil sentabr–dekabr oylarida ta’lim sifati, o‘quv-uslubiy faoliyat, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ilmiy-tadqiqot va innovatsion hamda Korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va 2026-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan aniq rejalar belgilab olindi.