🗣️Kengash yig‘ilishi universitet rektori, professor Rashid Matkarimov raisligida tashkil etildi.
✔️Yig‘ilish avvalida Kengash raisi joriy yilning 26-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, xalqaro hamkorlik aloqalari, o‘quv va ilmiy yo‘nalishlarda erishilgan yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor rejalar yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdi.
📑Tahliliy va tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan Kengash yig‘ilishida quyidagi masalalar keng muhokama qilindi:
➡️ Sport sohasi va universitet faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, Sport vazirligi topshiriqlari hamda buyruqlarining ijrosi holati;
➡️ Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha prorektorlarning 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar;
➡️ Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilgan ishlar, ularning samaradorligi va kelgusidagi rejalar;
➡️ Talabalar turar joylari va sport inshootlarini boshqarish direksiyasi faoliyati, talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish jarayoni, yotoqxona to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda sport inshootlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hisobotlar;
➡️ Izlanuvchilarning ilmiy faoliyati monitoringi, ilmiy natijalar tahlili va boshqa dolzarb masalalar.
⏩Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlar va bildirilgan takliflar universitetning 2026-yildagi faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.