🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasining Toshkent viloyati bo‘limi hamkorligida 2026-yil 3–5-yanvar kunlari universitet sport majmuasida “Chirchiq Cup 2026” xalqaro dzyudo musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
🌐Mazkur musobaqada 2011–2013-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar hamda 2014–2016-yillarda tug‘ilgan kichik o'smirlar hamda bolalar ishtirok etmoqda. Bellashuvlarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Quvayt, Mongoliya, Rossiya va Tojikiston kabi davlatlardan tashrif buyurgan 800 nafardan ortiq yosh sportchilar g‘alaba uchun kurash olib bormoqda.
✅Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.